ATAMALAR LUG`ATI I salib yurishlari 1096-1099-yillarda bo'lib, Edessa va Tripoli grafliklari,
Antioxiya knyazligi va Quddus
qirolligining tuzilishi bilan
yakunlanadi. "Bayt ul-hikma" - olimlarni birlashtirgan ilmiy muassasa. Xalifa
Horun ar-Rashid (786-809)
Bag'dodda tashkil etgan. Ma'mun
davrida o'ziga xos ilmiy maktabga
aylangan. Uning tarkibida juda katta
va boy kutubxona mayjud boigan. Kutubxonada hind, yunon, suriya,
arab, fors tillarida 400 ming jild
qo'lyozma kitoblar saqlangan. "Bayt
ul hikma"da olimlar chet tildagi
murakkab tushunchalarni
ifodalashga qodir arab atamashunosligini yaratishga va uni
boyitishga katta hissa qo'shdilar. Uni
Platon akademiyasi bilan qiyoslash
mumkin. "Grek olovi" uloqtiriladigan yonuvchi modda bo'lib, uni neft,
oltingugurt, selitra, turli qatronlar
aralashmasidan tayyorlashgan.
Vizantiya harbiy kemalarida
foydalanilgan. Uni amalda
ishlatishning o'ziga xos sirlari bo'lib, raqiblar bu sirni uzoq payt ocha
olmaganlar. Alemann, got, franklar  germanlarning eng katta
qabilalaridan bo'lgan. Allod (yunoncha)  yerga to'la egalik qilish: G'arbiy Yevropa feodal
jamiyatida avloddan-avlodga meros
bo'lib o'tadigan yer-mulk. Arab xalifaligi 632-1258-yillarda faoliyat yuritgan. Unda Umaviylar (661-750) va Abbosiylar sulolalari (750-1258) hukmronlik qilgan. Bank  italyan tilida banko  kursi, sarrof do'konidagi o'rindiq nomidan
olingan. Benefitsiy (lot.) - senorning o'z vassaliga harbiy xizmati evaziga
in'om etgan yer-mulk. Sharqda u iqto'
deb nomlangan. Birja atamasi Bryugge shahridagi "Burse" mehmonxonasi yaqinida savdogarlar to'planadigan joy
nomidan olingan. Bulg'or (Bolgariya) podsholigi
(680-1018) (1187-1396)
(1908-1944)  xalqlarning buyuk ko'chishlari davrida slavyanlar
Bolqon yarim oroliga kelib
joylashishlari natijasida, bu yerda
qadimgi turkiyzabon bulg'orlar xoni
Asparux (643-701) boshchihgida
Bolgariya podsholigiga asos soladilar. Buyuk Moraviya  hozirgi Chexiyaning sharqida IX asr oxiri  X
asr boshlarida vujudga kelgan davlat.
X asr boshida bu davlat ko'chmanchi
vengerlar tomonidan parchalangach,
uning hududlari Chexiya davlati
tarkibiga kirgan. Cherkov yig'inlari - III asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining:
cherkovni nazariy, amaliy, boshqarish
muammolarini hal etish uchun
chaqiradigan qurultoyi. Dialektika - hozirgi mantiqqa o'xshash fan bo'lib, unda o'quvchilar
munozara olib borishga, o'z ftkrini
isbotlashga o'rgatilgan. Domen (lotincha dominium  mulk)  qirol, gersog, graf va baronlarning
qaram dehqonlar mehnati bilan
ishlanadigan yermulklari. Dvoryanlar (nomdor zodagon)  feodallar toifasining imtiyozli qismi.
Imtiyozlar merosiy bo'lib avloddan-
avlodga o'tgan. Freska (ital. fresco - yangi)  nam suvoq ustiga rangdor qilib ishlangan
rasm. Gana, Mali, Songai va Aksum  Afrikaning o'rta asrlardagi dastlabki
davlatlari bo'lgan. Ganza  XIVXV asrlardagi shimoliy nemis shaharlarining savdo va siyosiy
ittifoqi. Uning bosh shahri Lyubek.
Yevropaning shimolidagi savdoda
yetakchi bo'lgan Ganza, qit'aning
boshqa hududlari orasidagi savdoda
ham vositachilik qilgan. G'arbly slavyanlar - chexlar, polyaklar, lujichanlar va slovaklar. General shtatlar (Etats Generaux -
"yalpi toifalar")  Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi
(1302-1789). Qirollar General
shtatlarini qachonki yangi soliq
kiritishni istaganlarida chaqirib
turishgan. Shu tarzda Fransiyada
toifali monarxiya tashkil topadi. Qirollik hokimiyati markazlashtirish
jarayonida tabaqa vakillari majlisiga
tayangan. Gotika uslubi - Yevropa mamlakatlarida o'rta asrlar san'atida
hukm surgan badiiy uslub. Gotika XII
asr o'rtalarida Shimoliy Fransiyada
yuzaga keldi. XIII asr 1-yarmida
yuksak darajada rivojlandi. Grammatika  tilshunoslik ilmi, bolalarni o'qishga o'rgatgan. Hammomlar - Yunonistonda miloddan avvalgi VIV asrlarda
xususiy, davlat va ommaviy
hammomlar bo'lgan. Rim
imperiyasida termlar (yunoncha - issiq hammomlar) deb atalgan. Ikona (yun. eikon  tasvir, siymo)  xristian diniga mansub dindorlar
sajda qiladigan, cho'qinadigan Iso,
Bibi Maryam va avliyolaming
rangtasvir yoki bo'rtma tasviri. Diniy
ikonaning eng qadimgisi II asrga
mansub, IV asrdan bu soha ayniqsa taraqqiy eta boshlagan.
Ilk o'rta asrlarda Xitoyda Suy
(589-618), Tan (618-907), U Day
(907-960) va Sun (960-1279)
sulolalari hukmronlik qilgan. Islom (arab tilida "itoat", "tobelik") - jahonda keng tarqalgan dinlardan
biridir. Unga e'tiqod qiluvchilar
musulmonlar deb ataladi. Arablar
istilosi va targ'iboti natijasida: Old,
Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo,
Shimoliy va G'arbiy Afrikada keng tarqalgan. Janubiy slavyanlar  bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar,
chernogorlar, makedonlar va
bosniyaliklar. Konung  qabila boshlig'i, zodagonlarning oliy vakili. Normann
qabilalarida harbiy yo'lboshchi. Levant - O'rta dengizning sharqidagi Suriya, Falastin, Turkiya, Yunoniston
va Kiprning umumiy nomi. Ular orqali
dunyo savdo yo'llaridan biri  Levant
o'tgan. Li Yuan - Tan sulolasiga (618-907) asos soladi. London mil. 43-yil rimliklar tomonidan Temza daryosining
shimoliy qismida kelt aholisi
yashaydigan joyda barpo qilingan va
to'rt asr davomida rimliklarning bosh
shahri bo'lgan. Milodiy V asrda
rimliklarning ketishi natijasida London tushkunlikka uchragan.
1066-yilda normannlar istilosi
oqibatida London qirollar
qarorgohiga va Angliyaning rasmiy
poytaxtiga aylanadi. Meshko I Polsha davlatiga X asrning o'rtalarida asos solgan. Miniatura (fransuzcha miniature; lotincha minium - qizil  bo'yoq)  badiiy usullari o'ta nafis boigan kichik
hajmli  (mo'jaz) tasviriy san'at asarlari.
O'rta asr qo'lyozmalarini  ziynatlash
uchun yaratilgan nafis, mo'jaz
rasmlar. Mozaika (frans. mosaique  muzalarga bag'ishlangan)  bir xil
yoki turli xomashyo (koshin, tosh,
yog'och, marmar va metall)
bo'laklaridan ishlangan tasvir,
naqshinkor mahobatli (monumental)
bezak san'atining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy san'at
asarlarini bezashda qo'llanadi.
Muqaddas Rim imperiyasi 962-yildan
1806-yilgacha hukm surgan. Oltin O'rda, Jo'ji ulusi - XIII asrning 40-yillari boshida Jo'jixonning o'g'li
Botuxon (12361255) tomonidan
asos solingan davlat. 1224-yil Jo'ji
ulusi Shimoliy Xorazm, Shimoliy
Kavkazdan iborat edi. 12361240-
yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg'orlari yurti,
Dashti Qipchoq, Qrim, G'arbiy Sibir
Oltin O'rdaga qo'shib olindi. Pantomima Xitoyda dastlabki pantomima  imo teatri tashkil etilgan. Parlament - fransuz tilidan parte - "gapirmoq" so'zidan olingan. Piktografik yozuv (lotincha pictus  rasmli va yunoncha grapho  yozaman, rasmli yozuv) 
ma'lumotning umumiy rnazmunini
rasm orqali yoki rasmlarni ketma-
ketligi orqali eslab qolish maqsadida
tasvirlash. Bu yozuv neolit davridan
beri ma'lum bo'lib, biron-bir tilning yozuv vositasi hisoblanmaydi. Poroxni dastlab xitoyliklar kashf qilgan. Qahrabo  qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma'dan. Qur'on (arab tilida "qiroat", "o'qish")  islom diniga e'tiqod etuvchilarning
muqaddas kitobi bo'lib, Alloh taolo
tomonidan Muhammad (s.a.v.)ga
vahiy orqali nozil qilingan. Kitob Alloh
taoloning payg'ambar alayhissalom
orqali insonlarga buyurgan amallar majmuasidan iborat. Qur'on yigirma
uch yil davomida nozil qilingan boiib,
114 suradan tashkil topgan. Ritorika  she'r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san'atini, huquq
asoslarini o'rgatgan. Roman uslubi - G'arbiy Yevropa san'atida X asrdan XIIXIII
asrlargacha hukm surgan badiiy
uslub. Bu davr san'atida G'arbiy
Yevropa madaniyati va me'morligida
Qadimgi Rim me'morligi uslub va
unsurlaridan keng foydalanilgan ("roman" iborasi shartli boiib,
"rimniki" ma'nosini anglatadi). Salib yurishlari Yaqin Sharqqa qarshi 10961270-yillarda katolik
cherkovining rahnamoligida bo'lib
o'tgan bosqinchilik va talonchilik
urushlaridir. Saljuqiylarning Kichik
Osiyoni bosib olishi va Vizantiyaga
xavf solishi, Quddusdagi Iso payg'ambar qabrini musulmonlardan
xalos etish "zaruriyati" feodallar
hamda cherkov uchun urushlarga
bahona bo'ladi. Saljuqiylar davlati - Yaqin va O'rta Sliarq, qisman Movarounnahrda
saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat
(1038 1308). Saljuqiylar davlatiga
Saljuqning nevarasi Sulton
To'g'rulbek asos solgan. Senor (lot. - katta) - o'rta asrlarda G'arbiy Yevropada ixtiyorida qaram
dehqonlari va mayda feodal-vassallari
bo'lgan yer egasi. Sex  nemischa so'z bo'lib, xalfaning ustalikka bag'ishlov ziyofati
nomi, keyinchalik kasb ustalari
uyushmasi nomiga aylanadi. Sharqiy slavyanlar - ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil
topgan. Shomonlik  ibtidoiy diniy e'tiqod shakllaridan biri. Yovuz va ezgu
ruhlarga, ularning inson hayotiga
ta'sir ko'rsatishiga ishonish
shomonlikning asosini tashkil etadi. Tovar xo'jaligi  mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash
uchun ishlab chiqaruvchi xo'jalikdir. Universitetlar (lotincha universitas  majmua, umumiylik)  fanning
turli yo'nalishlarida mutaxassislar
tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari.
Dastlabki universitetlar XII-XIII
asrlarda Italiyada (Neapol, Bolonya),
I'spaniyada (Sevilya, Valensiya), Fransiyada (Parij, Tuluza), Angliyada
(Oksford, Kembridj) tashkil etiladi. Usmonlilar davlati  Kichik Osiyo, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va
Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va
Qrimda usmonlilar sulolasi
boshqargan davlat (12991922).
Asoschisi  Usmon I. Vassallik  G'arbiy Yevropa mamlakatlarida bir feodalning
boshqa feodalga bo'ysunish tartibi. Vikinglar  VIII asr oxiri  XI asr o'rtalarida Yevropa mamlakattariga
dengiz yo'li orqali savdo-sotiq uchun
borgan, qaroqchilik va bosqinchilik
yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda
ularni varyaglar, G'arbiy Yevropada
normannlar deb atashgan. IX asrda vikinglar Shimoli-Sharqiy Angliyani, X
asrda esa Shimoliy Fransiyani bosib
olganlar.
Vizantiyaning oltin asri Yustinian I
(527-565) imperatorligi davriga
to'g'ri keladi. Xanlin akademiyasi Xitoydagi eng qadimgi ilmiy muassasalardan biri. Yarmarka  ulgurji savdo bo'ladigan, turli mamlakat
savdogarlari qatnashadigan, mol
sotish va ayirboshlash joyi nomi
bo'lgan.